Shavkat Mirziyoyev Humo Arena ochilishida ishtirok etadi
Jamiyat
−
04 mart 2019
8743Joriy yilning 15 mart kuni Humo Arena muz saroyining tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etadi.
Tadbirga shuningdek, O‘zbekiston Hukumati va Parlamenti a’zolari, viloyat rahbarlari, jamoatchilik tashkilotlari, fan va madaniyat arboblari, sportchilar taklif qilingan.
Marosimning bosh sahnasida qishki va yozgi sport ustalari, san’atkor, aktyorlar chiqish qiladi. Bundan tashqari, ajoyib musiqali shou va “elkunchik” muz spektakli namoyish etiladi.
Ma’lumot uchun, Humo Arena saroyi qurilishi 2017 yil fevral oyida boshlangandi. Bino hi-tech usulida qurilgan bo‘lib, 9 gektar maydonni egallagan. Asosiy maydon 12,5 ming kishini sig‘diradi va xokkey uchrashuvlari uchun foydalaniladi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr