Shavkat Mirziyoyev ertaga muhim tadbirda ishtirok etadi
Jamiyat
−
06 mart 2019 10772 1 daqiqa
8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan ertaga, 7 mart kuni poytaxt Toshkentda katta tantanali marosim o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar yetkazdi.
Tadbir ikki yillik an’anaga binoan poytaxtdagi “O‘zekspomarkaz” ko‘rgazmalar majmuasi paviloni o‘tkaziladi. Tantanali marosimda davlat va jamiyat hayotida muhim o‘rin tutgan, ilm-fan, madaniyat, sog‘liqni saqlash, ta’lim, sport kabi sohalarda qator yutuqlarga erishgan xotin-qizlar taklif etilgan. Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ishtirok etishi kutilmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, ushbu tadbirga diplomat ayollar, jumladan xorijiy mamlakatlarning O‘zbekistondagi elchilari ham taklif etilgan.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr