Sharti bor! Tramp AQSH JSSTga qachon qayta kirishini ma’lum qildi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp uning mamlakati Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) a’zolari safiga qaytishi mumkin. Amerika rahbari bu haqda Pensilvaniya shtatining Lititse shahrida bo‘lib o‘tgan saylovoldi mitingida gapirib o‘tdi.

U avvalroq AQSHni JSST tarkibidan chiqarishga qaror qilganini esladi. "Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti haqida nima deyishimiz mumkin? Biz yiliga 500 million (dollar) to‘ladik. Xitoy yiliga 39 million (dollar) to‘ladi va imkoniyatlardan ko‘p foydalandi<...>", dedi Amerika ma’muriyati rahbari. 

Unga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarning JSSTga qaytishi ehtimoli Amerikaning ushbu tashkilot byudjetiga qo‘shgan hissasi kamayishi bilan amalga oshishi mumkin. 

"Men sizga bitta narsani va’da beraman: agar biz (JSST) ga qaytsak, juda kam pul evaziga bu ishni amalga oshirishimiz mumkin. 500 (million dollar) to‘lash shart emas", deb ta’kidladi Tramp.

"Xitoyning aholisi 1,5 milliard va ular 39 million dollar to‘lashadi. Biz (AQSH) 325 million aholiga egamiz va biz 500 million dollar to‘laymiz. Buni ajoyib moliyaviy operatsiya desa ham bo‘ladi", deya takrorladi Oq uy rahbari.

Joriy yilning 29 may kuni Tramp Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bilan munosabatlarni to‘liq to‘xtatish niyati borligini e’lon qildi, chunki uning rahbariyati Amerika ma’muriyati talab qilgan o‘zgarishlarni amalga oshirishni rad etdi. Shu bilan birga, u yana bir bor JSSTni go‘yo Xitoyning to‘liq nazorati ostida ishlayotganlikda aybladi. AQSH prezidentining so‘zlariga ko‘ra, XXR hukumati va JSST rahbariyati yangi koronavirusning tarqalishi bilan bog‘liq tegishli choralarni ko‘rmagan.

Tramp avvalroq AQSH Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini 2021 yil 6 iyulda rasman tark etishi haqida ma’lum qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh JSST

Baholaganlar

83

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing