Sharmanda! Sirdaryoda YPX xodimi haydovchining ichgan-ichmaganini stakanda tekshirmoqchi bo‘ldi
Jamiyat
−
16 dekabr 2021
10503Ijtimoiy tarmoqda Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumani hududida YPX xodimi O.Egamberdiyev Lacetti rusumli avtomobil haydovchisini to‘xtatgan va haydovchi spirtli ichimlik ichgan yoki yo‘qligini bir marotaba foydalaniladigan stakan orqali tekshirmoqchi bo‘lgani aks etgan video tarqaldi.
Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Qayd jtilishicha, hozirda ushbu holat yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda. O‘rnatilgan tartibga zid ravishda xizmat olib borgan xodimga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilishi ta’minlanadi.
Ma’lumot o‘rnida, Sirdaryo viloyati IIB YHXB xodimlari uchun eski namunadagi 7 dona va yangi namunadagi 16 dona, jami 23 dona spirtli ichimlikdan mastlik holatini aniqlovchi “alkotester” moslamalari tarqatilgan.
Eslatib o‘tamiz, noyabr oyi oxirida Nukusda Yo‘l-patrul xizmati xodimi bosh kiyimini yechib, haydovchining spirtli ichimlik iste’mol qilganini aniqlash maqsadida undan puflashini so‘ragani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda kulguga sabab bo‘lgandi.
Shundan so‘ng, YHXBB Yo‘l-patrul xizmati xodimlariga yangi namunadagi 150 ta alkotester qurilmasi tarqatilganini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi