Shahrisabz YUNESKO Umumjahon merosi ro‘yxatidan o‘chiriladimi?
Jamiyat
−
21 fevral 2019
4641O‘zbekistonning YUNESKOdagi Doimiy vakolatxonasi OAV tomonidan tarqatilayotgan ayrim xabarlarga nisbatan bayonot bilan chiqdi.
Unda qayd etilishicha, YUNESKO Umumjahon merosi markazi (UMM) tomonidan O‘zbekistonning Shahrisabz shahrini Umumjahon merosi ro‘yxatidan o‘chirish to‘g‘risidagi hujjat loyihasi tayyorlanayotgani borasida xabarlar noto‘g‘ri.
“Doimiy vakolatxona UMM rahbariyati bilan olib borilgan maslahatlashuvlardan keyin shuni ta’kidlaydiki, maqolalarda nomlari qayd etilgan mutaxassislarning Umumjahon merosi markaziga aloqadorligi yo‘q va uning nomidan biron bir bayonot berishga vakolatli emas”, deyiladi bayonotda.