Sharifa Davronova Osiyo chempioniga aylandi

Sport

image

Bugun, 14 oktyabr kuni Kuvaytda bo‘lib o‘tayotgan yengil atletika bo‘yicha 18 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida Sharifa Davronova chempionlikni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi xabar bermoqda.

Sharifa Davronova yengil atletikaning uzunlikka sakrash yo‘nalishida bahslarda ishtirok etdi. Musobaqa yakunlariga ko‘ra, o‘zbekistonlik sportchi 6,06 metr natija bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Shu bilan birgalikda Davronova o‘zining shaxsiy rekordini o‘rnatdi.

Uzunlikka sakrash bahslarida qatnashgan yana bir o‘zbekistonlik sportchi  Xushnoza Shavkatova 5,78 metr natija bilan to‘rtinchi o‘ringa joylashdi.

Eslatib o‘tamiz, Sharifa Davronova Kolumbiyada o‘tkazilgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida ham g‘alaba qozongan edi. Shuningdek, Sharifa Islom birdaligi o‘yinlarining ham g‘olibasi hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Sharifa Davronova

Baholaganlar

15

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing