Sham zavodidagi yirik yong‘inda o‘zbekistonlik jabrlandi (video)
Jamiyat
−
26 avgust 2019
5679Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida yuz bergan yong‘inda O‘zbekiston fuqarosi jarohatlandi. Bu haqda O‘zbekistonning Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulxonasi ma’lumot berdi.
Joriy yilning 22 avgust kuni Sankt-Peterburgdagi sham zavodida yuz bergan yong‘in oqibatida 2 kishi, jumladan O‘zbekiston fuqarosi A. O. jarohatlandi. Ular I.I.Janelidze nomidagi Sankt-Peterburg tez yordam ilmiy-tadqiqot institutiga yotqizilgan. Kuyish natijasida jarohat olgan o‘zbekistonlikning ahvoli og‘ir.
Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan va huquqni muhofaza qilish organlari va tibbiyot muassasalari bilan aloqa o‘rnatgan.