Shakira qamoqdan qutilib qoldi
Madaniyat-san’at
−
20 noyabr 2023
11078Ispaniyada soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlikda ayblangan kolumbiyalik qo‘shiqchi Shakira prokuratura bilan kelishuvga erishdi va endilikda u 7 million yevro jarima to‘lab, qamoqdan qutilib qola oldi. Bu haqda "Euranews" xabar berdi.
Dastlab prokuratura xonanda uchun sakkiz yil qamoq va 23,8 million yevro jarima so‘ragan. Biroq Shakira prokuratura bilan kelishuvga erishgan. Shartnoma shartlariga ko‘ra, ijrochi uch yillik sinov va 7 million yevrodan ortiq jarimaga tortiladi.
Shunday qilib, keyingi haftalarda 100 dan ortiq guvoh ishtirok etishi kutilgan Barselonadagi sud jarayoni natijasi atigi sakkiz daqiqada hal etildi.
Qayd etish joizki, xonandaga qo‘yilgan oltita ayblov uning 2012-2014 yillar oralig‘ida Ispaniya hukumatiga 14,5 million yevro miqdoridagi soliqlarni to‘lamagani bilan bog‘liq.
Ma’lumot uchun, 46 yoshli Shakira (to‘liq ismi Shakira Ripoll) nafaqat qo‘shiqchi, balki, raqqosa, musiqiy prodyuser, xoreograf va model sifatida ham tanilgan. U ispan va ingliz tilidagi ijodi bilan muvaffaqiyat qozongan Lotin Amerikasining eng muvaffaqiyatli artistlaridan biri hisoblanadi. Unga Los-Anjelesdagi shon-shuhrat xiyobonidan ham joy berilgan.