Shaxsga doir ma’lumotlardan qonunga xilof ravishda foydalanish katta miqdordagi jarimaga sabab bo‘ladi

Jamiyat

image

Joriy yilning 8 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.

Kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, shaxsga doir ma’lumotlarni qonunga xilof ravishda yig‘ish, tizimlashtirish, saqlash, o‘zgartirish, to‘ldirish, foydalanish, berish, tarqatish, uzatish, egasizlantirish va yo‘q qilish:

•    fuqarolarga eng kam oylik ish haqining 3 baravaridan (608 ming 190 so‘mdan) 5 baravarigacha (1 mln 13 ming 650 so‘mgacha);
•    mansabdor shaxslarga 5 baravaridan (1 mln 13 ming 650 so‘mdan) 10 baravarigacha (2 mln 27 ming 300 so‘mgacha) jarima solishga sabab bo‘ladi.

Mazkur huquqbuzarlik ma’muriy jazo qo‘llanilganidan so‘ng sodir etilsa, eng kam oylik ish haqining 50 baravarigacha (10 mln 136 ming 500 so‘mgacha) jarima yoki 3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Mazkur javobgarlik choralari 2019 yil 1 oktyabrdan kuchga kiradi.

Qonun bilan Milliy gvardiya organlari ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘ruvchi hamda surishtiruv organlari qatoriga kiritildi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Jinoyat-protsessual kodeksi

Baholaganlar

17

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing