Shaxmatchilar sharafiga vaucherlar ishlab chiqildi

Sport

image

Ijtimoiy tarmoqlarda shaxmat bo‘yicha Jahon Olimpiadasi g‘oliblari Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yoqubboyev, Jahongir Vohidov va Islombek Sindorovning surati aks etgan vaucherlarning surati tarqaldi. 

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu vaucherlar Navoiyda ishlab chiqarilgan. Bu shahardagi xususiy maktablardan birida o‘quvchilarni fanga qiziqtirish uchun tatbiq qilingan. Darslarda faol bo‘lgan o‘quvchilarga ushbu vaucherlar taqdim qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, hozirgi vaqtda yuqorida nomi keltitrilgan shaxmatchilar Isroilning Quddus shahrida FIDE jamoalari o‘rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Shaxmat Navoiy

Baholaganlar

147

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing