Shaxmatchilar chempionlikni qo‘ldan chiqardi
Sport
−
22 Sentabr
8618Vengriya poytaxti Budapesht shahri mezbonlik qilayotgan shaxmat Olimpiadasining 10-turida O‘zbekiston erkaklar jamoasi Xitoy bilan, ayollar jamoasi esa Angliya bilan to‘qnash keldi.
Dastlab Nodirbek Abdusattorov durang natija qayd etgan bo‘lsa, oxirda O‘zbekiston mag‘lub bo‘ldi. Shamsiddin Vohidov g‘alaba qilsada, uning g‘alabasi yakunda hech narsani hal qilmadi. O‘zbekiston-Xitoy 1,5:2,5.
Ayollar jamoasidan Umida Omonova va Nodira Nodirjonova raqiblarini mag‘lub etdi. Afruza Hamdamova va Nilufar Yoqubboyeva durang natija qayd etdi. O‘zbekiston-Angliya 3:1.
Musobaqa peshqadami va favoriti hisoblangan hindistonlik shaxmatchilar musobaqa yakuniga 1 tur qolganida AQSHni mag‘lubiyatga uchratdi va ochkolar sonini 19 taga yetkazdi. Bu bilan Hindiston muddatidan oldin chempionlikni qo‘lga kiritdi. O‘zbekiston esa bronza medalni qo‘lga kiritish imkonini saqlab turibdi. Ayollar jamoasi g‘alabadan so‘ng 14 ochko bilan 18-o‘rinda. Ularda ham Hindiston peshqadamlik qilmoqda.
Bugun, 22 sentyabr kuni hal qiluvchi tur bahslari bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Hindiston bilan durang natija qayd etgani xabar qilingandi.