Shaxmat. JCH guruh bosqichida O‘zbekiston yetakchilikni o‘z qo‘liga oldi

Sport

image

Ayni kunlarda Isroilning Quddus shahrida FIDE jamoalari o‘rtasida Jahon chempionati bahslari bo‘lib o‘tmoqda, musobaqada jahonning saralangan 12 ta jamoasi ishtirok etmoqda.

1-turda Ozarbayjonga qarshi o‘yinda mag‘lubiyatga uchragan O‘zbekiston jamoasi, 2-turda Isroil vakillarini 2,5 : 1,5 hisobida mag‘lub etdi. 

21 noyabr kuni chempionatda navbatdagi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. 3-turda o‘zbekistonliklar AQSHni 2,5 : 1,5 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, 4-turda Hindiston jamoasidan 3,5 : 1,5 hisobida ustun keldi.

Ortga qolgan to‘rt turdan so‘ng, o‘zbek shaxmatchilar 10 ochko bilan o‘z guruhida peshqadamlik qilmoqda. Guruhdagi so‘ngi bahsda O‘zbekistonga Polsha raqiblik qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

FIDE Shaxmat

Baholaganlar

259

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made