Toshkentda shaxmat bo‘yicha 50 ming AQSH dollarilik musobaqa o‘tkaziladi
Sport
−
09 fevral 2023 6896 1 daqiqa
Joriy yilning 5-12 mart kunlari Toshkent shahrida shaxmat bo‘yicha ayollar o‘rtasida “Women’s Chess Championship” xalqaro turniri o‘tkaziladi.
Musobaqa ikki guruhda shvetsarcha tizimda bo‘lib o‘tadi. FIDE 1 mart kuni belgilagan standart bo‘yicha “A” guruhida 1500 va undan yuqori reyting ochkosiga ega shaxmatchilar, “B” guruhida esa reytingi 1499 va undan past bo‘lgan shaxmatchilar qatnashadi.
Sovrin jamg‘armasi 50 ming AQSH dollari bo‘lgan musobaqada vaqt nazorati 90 daqiqa va birinchi yurishdan boshlab har bir harakat uchun 30 soniya belgilangan.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust