FIDE'ning yangi reytingida o‘zbekistonliklar nechanchi o‘rinni egalladi?

Sport

image

Jahon shaxmat federatsiyasi (FIDE) fevral oyi bo‘yicha shaxmatchilarning reytingini e’lon qildi. Reytingning top-100 ligidan 3 nafar o‘zbekistonlik shaxmatchi o‘rin oldi.

O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov reytingda so‘nggi musobaqalarda qayd etgan natijalari tufayli bir pog‘ona pastladi. U 2731 ochko to‘plab, 18-o‘rinni band etdi. Javohir Sindorov esa 2661 bilan 82-pog‘onaga ko‘tarilib oldi. FIDE tasnifiga ko‘ra, 2004-2005 yillarda jahon chempionligini qo‘lga kiritgan Rustam Qosimjonov yaxshigina yuqoriladi. Fevral oyi jadvalida u 58-o‘rinni egalladi.

Xotin-qiz shaxmatchilarning kuchli 100 ligidan bir nafar o‘zbekistonlik shaxmatchi – Nilufar Yoqubboyeva o‘rin oldi. U 2349 ochko bilan 96-o‘rinni band etdi.

Erkak shaxmatchilar reytingida hamon norvegiyalik Magnus Karlsen yetakchilik qilmoqda. Uning hisobida 2852 ochko bor. Rossiyalik Yan Nepomnyashiy va xitoylik Ding Liren mos ravishda ikkinchi va uchinchi pog‘onalarni egalladi.


Maqola muallifi

Teglar

Nodirbek Abdusattorov FIDE

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing