Shaxmat olimpiadasi. O‘zbekiston jamoalariga 8-turda qaysi mamlakatlar raqib bo‘ladi?
Sport
−
10:16 1077 1 daqiqa
Bugun, 24 sentyabr kuni Samarqand mezbonlik qilayotgan Butunjahon shaxmat Olimpiadasida 8-tur bahslari o‘tkaziladi. Unda O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Germaniyaga qarshi dona suradi.
Shuningdek, O‘zbekiston-2 terma jamoasi Angliya, O‘zbekiston-3 terma jamoasi esa Shveysariya jamoasiga qarshi bahs olib boradi. O‘zbekiston ayollar terma jamoasi esa Niderlandiyaga qarshi dona suradi.
Ayni paytda Samarqandda o‘tkazilayotgan shaxmat Olimpiadasining navbatdagi bosqichi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi 14 ochko bilan umumiy reytingda peshqadamlik qilmoqda. Xitoy 11 ochko bilan ikkinchi, Armaniston esa 11 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda.
Ayollar o‘rtasidagi bahslarda Xitoy terma jamoasi 13 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Qozog‘istonlik shaxmatchi qizlar jamoasi ham 13 ochko to‘plagan holda ikkinchi o‘rinda bormoqda. Hindiston terma jamoasi 12 ochko bilan uchinchi pog‘onadan joy olgan.
O‘zbekiston ayollar terma jamoasi esa 11 ochko bilan umumiy reytingda 9-o‘rinni egallagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Butunjahon shaxmat Olimpiadasida 7-turida jadval jihatdan asosiy raqib sifatida qaralgan Xitoy terma jamoasini 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandi.
Live
Barchasi