Shaxmat olimpiadasi. O‘zbekiston Turkiyani mag‘lub etdi

Sport

image

Bugun, 19 sentyabr kuni Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasining 4-tur bahslari bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekistonning asosiy jamoalari raqiblaridan ustun keldi.

Dastlab, Nodirbek Abdusattorov Yagiz Kaan Erdog‘mush bilan durang o‘ynagan bo‘lsa, Javohir Sindorov Ediz Gurel bilan, Shamsiddin Vohidov esa Emre Jan bilan murosa yo‘lini tanladi. Yakunda Nodirbek Yakubbayev Vahap Sanalni mag‘lub etdi va jamoaga umumiy 2.5-1.5 hisobidagi g‘alaba keltirdi.

Erkaklar terma jamoalari:

  • O‘zbekiston – Turkiya: 2.5 – 1.5;
  • Yangi Zelandiya – O‘zbekiston-2: 1.5 – 2.5;
  • O‘zbekiston-3 – Yaman: 3.5 – 0.5.

Ayollar terma jamoalari:

  • O‘zbekiston – Argentina: 3 – 1;
  • O‘zbekiston-2 – Qirg‘iziston: 1 – 3;
  • Kuba – O‘zbekiston-3: 2.5 – 1.5.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 15 sentyabr kuni 46-Butunjahon shaxmat Olimpiadasining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tgandi. Ushbu olimpiada O‘zbekiston tarixida ilk marotaba o‘tkazilayotgan shaxmat Olimpiadasi hisoblanadi. Turnir joriy yilning 27 sentyabr kuni o‘z nihoyasiga yetadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing