Shaxmat qiroliga o‘zbekona chopon kiydirildi (video)

Sport

image

Kecha, 25 dekabr kuni Samarqand shahrida shaxmatning rapid va blits yo‘nalishlari bo‘yicha Jahon chempionatining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Marosimda Jahon chempionatida ishtirok etish uchun kelgan jahonning 1-raqamli shaxmatchisi norvegiyalik Magnus Karlsenga chopon kiydirildi.

Ochilish marosimida mashhur shaxmatchilar  Magnus Karlsen, Nodirbek Abdusattorov, Gukesh Dommarju, Fabiano Karauna, Levon Aronyan singari shaxmat yulduzlari, Vishvanatan Anand singari jahon chempionlari qatorida FIDE prezidenti Arkadiy Dvorkovich, Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikromov, Yoshlar Ishlari agentligi direktori, O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi Alisher Sa’dullayev, Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov ishtirok etdi.

Sovrin jamg‘armasi 1 million AQSH dollarini tashkil etuvchi musobaqa qur’asiga ko‘ra, Karlsen dastlabki bosqichni oq donalarda boshlaydigan bo‘ldi. 

Ma’lumot uchun, dunyoning 200 ga yaqin eng kuchli shaxmatchilari ishtirok etadigan musobaqada O‘zbekiston sharafini erkaklar o‘rtasida 20 nafar, ayollar o‘rtasida 13 nafar shaxmatchi himoya qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Jahon chempionati Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsen

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing