“Shahzodalar va matbuot”. Yelizaveta II oilasi nimadan g‘azabda?

Olam

image

Joriy yilning 22 noyabr kuni BBC Buyuk Britaniya qirollik oilasiga bag‘ishlangan ikki qismli “Shahzodalar va matbuot” (The Princes and The Press) serialining birinchi qismini namoyish etdi. 

Hujjatli film Yelizaveta II ning nevaralari shahzodalar Uilyam va Garri hamda boshqa oila a’zolari o‘rtasidagi munosabatlar haqida hikoya qiladi.

“Shahzodalar va matbuot”ning birinchi qismi taxt vorislarining 2012 yildan 2018 yilgacha — Garri va Megan Markl unashtirilgan paytdagi hayoti haqida, malika Diana o‘g‘illarining oilalari o‘rtasidagi raqobatga urg‘u beradi.

Ta’kidlanishicha, epizod mazmuni qirollik oilasiga umuman yoqmagan. Serial premerasidan keyin Bukingem saroyi, Kensington saroyi va Klarens-Xaus telekompaniyaning harakatlaridan hafsalasi pir bo‘lganligini ma’lum qilgan.

Munozarali serialning bir soatlik epizodi Vindzor saroyidagilarni g‘azablantirgan bir nechta lahzalarni o‘z ichiga oladi. Masalan, birinchi epizodda Megan Marklning shaxsiy advokati Jenni Afia bilan shov-shuvli intervyu e’lon qilingan, unda u Sasseks gersoginyasi qirollik xodimlarini masxara qilgani haqidagi ayblovlarni rad etgan.

“O‘tkir va asossiz bayonotlar”ning ko‘pligi tufayli Bukingem saroyi BBC’ning kelajakdagi loyihalarini boykot qilish bilan tahdid qilgan va saroy a’zolariga “Shahzodalar va matbuot”ning ikkala qismini ham ko‘rishni taqiqlagan. 

Ma’lumot o‘rnida, hozirda shahzoda Garri rafiqasi va ikki farzandi bilan Santa-Barbara (AQSH) shahrida yashaydi. 2020 yilda Garri va uning rafiqasi Megan Markl qirollik oilasi bilan kelishgan holda “Zoti oliylari” unvoniga va SussexRoyal brendiga bo‘lgan huquqlaridan mahrum bo‘lib, rasmiy qirollik vazifalaridan voz kechganliklarini e’lon qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Britaniya qirollik oilasi

Baholaganlar

165

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing