Shahzoda Garri va Megan Marklning intervyusi Yelizaveta II ga qanday ta’sir qilgani ma’lum bo‘ldi 

Olam

image

Sasseks gersogi shahzoda Garri va uning rafiqasi Megan Marklning teleboshlovchi Opra Uinfriga bergan intervyusiga Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ning munosabati ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Bukingem saroyidagi manbalariga asoslanib "Daily Mail" xabar bermoqda. 

Nashr suhbatdoshlariga ko‘ra, Buyuk Britaniya qirolichasi intervyu chiqqanidan keyin xafa bo‘lgan, ammo g‘azablanmagan. 

"Ular doimo u (shahzoda Garri) haqida qayg‘urishgan va qirolicha uni himoya qilishga bel bog‘lagan. Ular shahzodaning hayotiga Megan kirib kelganidan keyin doimo uni qo‘llab-quvvatlashga harakat qilishgan. U haqda kamroq xavotirga tushishgan, chunki Meganning yonida u baxtli ko‘rinardi", degan anonim manba. 

Avvalroq, Buyuk Britaniya shahzodasi Garri amerikalik teleboshlovchi Opra Uinfri bilan suhbatdan so‘ng otasi shahzoda Charlz va akasi shahzoda Uilyam bilan "samarasiz" muloqot o‘tkazgani ma’lum bo‘lgandi. 

Uels shahzodasi Charlzning kenja o‘g‘li Garri 2017 yil noyabr oyida amerikalik ajrashgan aktrisa Megan Markl bilan unashtirilgan. Ularning to‘yi 2018 yil 19 may kuni Vindzorda bo‘lib o‘tdi. Bir yil o‘tgach, ular Archi ismli o‘g‘il ko‘rdi.  

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilda Garri va uning rafiqasi qirollik oilasi bilan kelishgan holda “Zoti oliylari” unvoniga va SussexRoyal brendiga bo‘lgan huquqlaridan mahrum bo‘lib, rasmiy qirollik vazifalaridan voz kechganliklarini e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Elizaveta II shahzoda Garri

Baholaganlar

175

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing