Shahzoda Garri va Megan Markl ikkinchi bor ota-ona bo‘ldi
Olam
−
07 iyun 2021
6844Buyuk Britaniya shahzodasi Garri va uning rafiqasi Megan Markl joriy yilning 4 iyun kuni ikkinchi marta ota-ona bo‘lishdi. Sasseks gersogi va gersoginyasi tomonidan tashkil etilgan Archewell jamoat tashkilotining veb-saytida e’lon qilingan bayonotga ko‘ra, qizaloqqa Lilibet Diana deb ism qo‘yilgan.
Vorislikka sakkizinchi o‘rinni egallagan qizaloq shahzoda Garri va Megan Markl bir yildan ortiq yashagan Santa-Barbara (Kaliforniya shtati) shahri shifoxonasida tug‘ilgan. Xabarda aytilishicha, chaqaloq tug‘ilganda vazni 3,5 kg bo‘lgan.
“Hozirda ona ham, bola ham o‘zini yaxshi his qilmoqda, ular allaqachon uyda”, deyilgan xabarda
Ta’kidlanishicha, bolaga Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II va shahzoda Garrining onasi — malika Diana sharafiga Lilibet Diana deya ism qo‘yilgan. Ma’lum bo‘lishicha, Yelizaveta II ni tor oilaviy doirada Lilibet deya chaqirishadi.
“4 iyun kuni qizimiz Lili dunyoga keldi. U biz tasavvur qilganimizdan ham kattaroq”, degan Garri va Megan.
Ma’lumot o‘rnida, hozirda shahzoda Garri va uning rafiqasi Santa-Barbara shahrida yashaydi. Ularning ilk farzandi Archi 2019 yil 6 mayda dunyoga kelgan.
2020 yilda Garri va uning rafiqasi Megan Markl qirollik oilasi bilan kelishgan holda “Zoti oliylari” unvoniga va SussexRoyal brendiga bo‘lgan huquqlaridan mahrum bo‘lib, rasmiy qirollik vazifalaridan voz kechganliklarini e’lon qildi.
LiveBarchasi