Shahzoda Garri giyohvand moddalarga mukkasidan ketgani haqida gapirdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Sasseks gersogi, shahzoda Garri “The U.S. Sun”ga bergan intervyusida giyohvand moddalar iste’mol qilgani va muntazam ravishda bir kunda bir haftalik ichkilikni ichganini tan oldi.  

Garrining so‘zlariga ko‘ra, u onasi, malika Dianadan judo bo‘lgandan so‘ng giyohvand moddalar va spirtli ichimliklarga mukkasidan ketgan. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Garriga Diananing o‘limi uchun chinakamiga motam tutishga hech qachon vaqt ham, joy ham berilmagan. U bu azobdan qutulish niyatida ichkilik ichgan va giyohvand moddalar iste’mol qilgan. 

“Ichishga tayyor bo‘lganman, giyohvand moddalar iste’mol qilishni xohlaganman, chunki men nima his qilayotganimni unutish niyatida bo‘lganman”, degan Sasseks gersogi. 

Qayd etilishicha, Garri 17 yoshida marixuanadan foydalanayotganda otasi, shahzoda Charlzning qo‘liga tushgan. Shundan so‘ng u reabilitatsiya markaziga joylashtirilgan. 

Avvalroq, Garri qirollik hayotini hayvonot bog‘i va asosiy qahramoni televizion ko‘rsatuvda yashovchi “Trumen shousi” filmi bilan taqqoslagandi.  

Ma’lumot o‘rnida, 2020 yilda Garri va uning rafiqasi Megan Markl qirollik oilasi bilan kelishgan holda “Zoti oliylari” unvoniga va SussexRoyal brendiga bo‘lgan huquqlaridan mahrum bo‘lib, rasmiy qirollik vazifalaridan voz kechganliklarini e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Garri ichimlik

Baholaganlar

137

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing