Shahzoda Garri Buyuk Britaniyadan chiqib ketdi
Olam
−
21 yanvar 2020
6689Shahzoda Garri 20 yanvar kuni kechasi Buyuk Britaniyani tark etdi. U rafiqasi Megan Markl va o‘g‘li Archi bilan birga Kanadaga yo‘l olgan. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, Garri Kanadaga Londonda o‘tgan britan-afrika investitsiya sammitida ishtirok etganidan so‘ng, tungi reysda uchib ketgan. U sammitda Britaniya bosh vaziri Boris Jonson bilan ko‘rishgan.
Nashr xabariga ko‘ra, u mamlakatdan chiqib ketishni shu darajada xohlaganki, Bukingem saroyidagi qabul marosimida ishtirok etmagan. Holbuki, Garri qabul marosimi tashkilotchilaridan biri edi.
Qirollik oilasining jiddiy e’tiroziga sabab bo‘lgan bu voqealar Garri va Meganning mustaqil hayot kechirishga bo‘lgan harakatlari fonida ro‘y berdi. Gap shundaki, joriy yilning 8 yanvar kuni Garri va Megan moliyaviy imtiyozlardan voz kechib, yashash uchun o‘zlari mehnat qilib pul topishga qaror qilganini bildirdi. Shuningdek, ular vaqtlarini Shimoliy Amerika, xususan Kanada va Britaniyada o‘tkazish niyatida ekanini yashirishmadi. Bu masala dastlab kirollik oilasining jiddiy e’tiroziga sabab bo‘ldi, ammo keyinroq bu qarorni qirolicha qo‘llab-quvvatladi.
Yosh oila Kanadada yashashiga hech bir tarafda qarshilik yo‘q, ammo ularning okeanortidagi hayoti qaysi mablag‘ hisobiga bo‘lishi so‘roq ostidagi masala bo‘lib turibdi.
Keyinchalik shahzoda Harri qirollik unvonidan mahrum etildi.
Ma’lumot uchun, shahzoda Garri va amerikalik aktrisa Megan Markl 2018 yilning 19 may kuni turmush qurgan.
Sarvar Anvar o‘g‘li
LiveBarchasi