Shahzoda Garri Amerika kompaniyasida ish boshladi 

Olam

image

Buyuk Britaniya shahzodasi Garri Amerikaning kouching va ruhiy salomatlik bilan shug‘ullanuvchi BetterUp kompaniyasi rahbariyatida ish boshladi. Bu haqda "The Wall Street Journal" xabar bermoqda.  

"Men odamlar hayotiga ta’sir o‘tkazishda yordam bermoqchiman. Proaktiv kouching shaxsiy rivojlanish, xabardorlikni oshirish va hayotni har tomonlama takomillashtirish uchun cheksiz imkoniyatlarni taqdim etadi", degan shahzoda. 

Ta’kidlanishicha, uning lavozimga tayinlanishi bugun, 24 mart kuni rasman e’lon qilinadi. 

"Bu muhim va jiddiy lavozim", degan BetterUp kompaniyasi bosh direktori Aleksi Robisho. 

Bosh direktorning so‘zlariga ko‘ra, Sasseks gersogi kompaniyaning turli jarayonlarida, shu jumladan xayriya tadbirlarida, rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishda, shuningdek, ruhiy salomatlik bilan bog‘liq mavzularni ommalashtirishda ishtirok etadi. 

Shahzoda Garri hisobot berishdan va xodimlarni boshqarish bilan shug‘ullanishdan ozod qilinadi. 

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilda Garri va uning rafiqasi Megan Markl qirollik oilasi bilan kelishgan holda “Zoti oliylari” unvoniga va SussexRoyal brendiga bo‘lgan huquqlaridan mahrum bo‘lib, rasmiy qirollik vazifalaridan voz kechganliklarini e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

shahzoda Garri

Baholaganlar

51

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing