Shahrisabzdagi tug‘uruqxonada ikki kunlik chaqaloq vafot etdi

3-sahifa

−

image

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli tug‘uruq bo‘limida ikki kunlik chaqaloq vafot etdi. Bu haqda viloyat prokuraturasi Matbuot xizmati xabar berdi.

“Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli tug‘uruq bo‘limida 5 avgust kuni tug‘ilgan go‘dak 7 avgust kuni vafot etgan”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Joriy yilning 7 avgust kuni ish bo‘yicha sudga oid tibbiy ekspertiza hamda tibbiyot birlashmasi xodimlarining harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan.

Tekshiruv viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

350

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing