Shahrisabzda 96 yoshli onaxonga tug‘ilganlik guvohnomasi topshirildi

Jamiyat

image

Kecha, 20 fevral kuni Shahrisabz shahar Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limi tomonidan “Zargarlik” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi 1930 yilda tug‘ilgan Xosiyat Ismailovaga uzoq yillardan so‘ng tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma tantanali ravishda topshirildi. Bu haqda shahar Adliya bo‘limi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, hujjatni rasmiylashtirish jarayoni belgilangan tartibda amalga oshirilib, onaxonga tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani topshirish marosimi tashkil etilgan.

“Tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma shaxsning huquqiy maqomini belgilovchi eng muhim hujjatlardan biri hisoblanadi. U fuqaroning shaxs sifatida davlat tomonidan tan olinishi, huquq va erkinliklarining kafolatlanishi, turli ijtimoiy xizmatlardan foydalanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi”, deyiladi xabarda. 

96 yoshni qarshilagan Xosiyat Ismailova uchun mazkur hujjat nafaqat oddiy rasmiy qog‘oz, balki ko‘p yillik kutishlardan so‘ng tiklangan adolat va e’tibor ifodasiga aylandi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistondagi yolg‘iz keksalar soni ochiqlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shahrisabz Adliya bo'limi tug'ilganlik haqidagi guvohnoma

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing