Shahrisabz hokimi qabuliga borgan ayol “jinnixona”ga joylashtirildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida hokim qabuliga shikoyat bilan borgan ayol jamoatchilik tartibini saqlash bahonasida bir kun majburiy tartibda asab-ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirildi. Holat yuzasidan Shahrisabz shahar hokimligi Matbuot xizmati rasmiy ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, 1964 yilda tug‘ilgan Do‘stlik mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi fuqaro Nodira O‘rinovaning videomurojaatda bildirgan ko‘rsatmasi bo‘yicha Shahrisabz shahar hokimligi axborot xizmati tomonidan o‘rganish olib borilmoqda.

O‘rinova Nodiraning videomurojaati yuzasidan Shahrisabz shahar hokimligida ishchi guruhi tuzilgan.

“Shahrisabz shahar mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash bo‘limi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan, shahar kengashi deputati Shahlo Rahmonova shu yilning 29 aprelida egallab turgan vazifasidan ozod qilingan. O‘rganish natijalari haqida albatta xabardor qilamiz”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Shahrisabz ayol

Baholaganlar

1346

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing