Shahram G‘iyosovning navbatdagi jangi qachon?
Sport
−
11 fevral 2023
9082O‘zbekistonlik professional bokschi Shahram G‘iyosovning navbatdagi jangi qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda sportchi QALAMPIR.UZ'ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Ma’lum bo‘lishicha, G‘iyosovning kelgusi jangi aprel oyida o‘tkaziladi.
“Hozir yangi jang shartnomasi borasida muzokaralar ketmoqda. Raqiblikka uch nomzod bor. Ularning ismini hozir aytolmayman, biroq uch nafar nomzod ham dunyo tanigan mashhur bokschilar hisoblanadi. Bo‘lajak jang taxminan 20-27 aprel oralig‘ida o‘tkaziladi”, deydi G‘iyosov.
Ma’lumot uchun, Shahram G‘iyosov 2018 yildan buyon profboksda faoliyat olib bormoqda. G‘iyosov umumiy 13 ta jangda ringga ko‘tarilgan va barcha to‘qnashuvlarda g‘alaba qozongan. Sportchi 9 ta jangda raqiblarini nokautga uchratgan.
LiveBarchasi