Shahram G‘iyosovning navbatdagi raqibi va jangi sanasi aniq bo‘ldi

Sport

image

Yarim o‘rta vazn toifasida o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Shahram G‘iyosov navbatdagi jangini yangi yilning yanvarida o‘tkazadigan bo‘ldi. Bu haqda G‘iyosov hamkorlik qiluvchi “Mir Boksa” promouterlik kompaniyasi vakili ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Shahram G‘iyosov faoliyatidagi 15-jangini 2024 yil 13 yanvar kuni o‘tkazadi. O‘sha kuni unga meksikalik bokschi Pablo Sezar Kano raqiblik qiladi.

Ma’lumot uchun, Shahram profboksda hozirgacha 14 ta jang o‘tkazgan va ularning barchasida g‘alaba qozongan. Janglarining to‘qqiztasida muddatidan oldin zafar quchgan. Uning bo‘lajak raqibi Pablo Sezar Kano esa faoliyati davomida 44 ta jang o‘tkazib, ularning 35 tasida g‘alaba qozongan, 8 ta jangda mag‘lub bo‘lgan va 1 ta durang qayd etgan. 

Ta’kidlash joiz, Pablo faoliyati davomida ikki bor jahon chempionlik kamarlari uchun jangga chiqqan va ikkalasida ham mag‘lub bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shahram G'iyosov prof boks

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing