Shahram G‘iyosovning keyingi jangi qachon o‘tkaziladi?
Sport
−
13 Oktabr 2023
5057Profboksda yarim o‘rta vazn bilan ringga tushadigan o‘zbekistonlik Shahram G‘iyosovning navbatdagi jangi noyabr oyida o‘tkazilishi mumkin. Bu haqda Shahram hamkorlik qiladigan “Mir boksa” promouterlik kompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, bokschi katta ehtimol bilan professional faoliyatidagi 15-jangini noyabr oyi oxirida o‘tkazadi. G‘iyosovning bo‘lajak raqibi va jang manzili hozircha ma’lum emas. Biroq u qoida bo‘yicha keyingi jangini WBA Regular chempioni Eymantas Stanionis yoki reytingning birinchi pog‘onasida borayotgan Verjil Ortisga qarshi o‘tkazishi lozim.
Ma’lumot uchun, Shahram G‘iyosov so‘nggi jangini 18 iyun kuni AQSHning Nyu-Orlean shtatida mahalliy bokschi Harold Kalderonga (27-1-0) qarshi o‘tkazib, hakamlarning yakdil qarori bilan g‘alaba qozongandi.
LiveBarchasi