Shahram G‘iyosovni mag‘lub etgan bokschi Jalolov va Do‘smatov jang qiladigan turnirda ringga chiqadi

Sport

image

Qozog‘istonlik Olimpiada chempioni Doniyor Eleusinov 14 aprel kuni Toshkent shahrida o‘tkaziladigan “IBA Champions night” doirasida o‘zbekistonlik Saidjamshid Jafarovga qarshi ringga ko‘tariladigan bo‘ldi. Bu haqda “Sports.kz” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Jafarov va Eleusinov o‘rtasidagi jang 71 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida o‘tkaziladi. To‘qnashuv 10 raund etib belgilangan.

Qayd etish joiz, 33 yoshli Doniyor Eleusinov o‘zbek sporti ishqibozlariga begona emas. U Rio-2016 Olimpiadasining final jangida o‘zbekistonlik Shahram G‘iyosovni mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalga sazovor bo‘lgandi.

Ma’lumot uchun, IBA yulduzlar oqshomi doirasida o‘zbekistonliklardan Bahodir Jalolov, Elnur Abduraimov, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev va boshqa ko‘plab terma jamoa yulduzlari jang qiladi. Jumladan, Hasanboy Do‘smatov o‘z vaznida ispaniyalik Samuel Karmonaga qarshi IBA jahon chempionligi kamari uchun bahs olib boradi.


Maqola muallifi

Teglar

Bahodir Jalolov Hasanboy Do'smatov Saidjamshid Jafarov Doniyor Eleusinov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing