Shahram G‘iyosov WBA chempionlik kamari uchun da’vogarga aylandi
Sport
−
25 fevral
14459Bugun, 25 fevral kuni professional boksning yarimo‘rta (-66,5 kg) vazn toifasida harakat qiladigan Shahram G‘iyosov (14-0, 9 KO) o‘zining 15-jangini meksikalik 34 yoshli Pablo Sezar Kanoga (35-8-1, 25 KO) qarshi o‘tkazib g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Bir kun avval har ikki bokschi tarozidan o‘tgan va belgilangan vazn me’yorini bajargan edi. Shahram 66,5 kg, Pablo esa 66,2 kg tosh bosgan.
Ushbu jang O‘zbekiston vaqti bilan bugun tonggi 05:30lar atrofida AQSHning Orlando shahrida o‘tkazilgan.
Bu o‘zbekistonlik bokschining professional faoliyatidagi 15-g‘alabasi bo‘ldi, shundan to‘qqizta jang muddatidan oldin yakunlangan.
Jang 12 raund etib belgilangandi, ammo 11-raund yakunlangan paytda Sezar Kano jarohat olib, jangni davom ettira olmagan.
Hakamlar g‘olibni ochkolar hisoblash evaziga aniqlashdi. Uchala hakam ham G‘iyosovning g‘alabasini e’tirof etdi (109-99).
Jangning uchinchi raundida Shahram raqibini nokdaun qilishga ham muvaffaq bo‘lgan.
LiveBarchasi