Shahram G‘iyosov meksikalik bokschi bilan jang qiladi
Sport
−
09 noyabr 2023
3071O‘zbekistonlik professional bokschi Shahram G‘iyosov 2024 yil boshida profboksdagi navbatdagi jangini o‘tkazadi. Bu haqda sportchining o‘zi QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.
“Yanvar oyida jang qilaman. Hozirda bo‘lajak raqibim bilan muzokaralar o‘tkazilmoqda. Raqibim meksikalik va u reytingda top-10'dan o‘rin egallagan. Hozir ismini ayta olmayman. Bir necha kundan keyin navbatdagi jangimga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Amerikaga jo‘nab ketaman”, deydi G‘iyosov.
Ta’kidlash joiz, G‘iyosov oxirgi jangini 17 iyun kuni amerikalik Xarold Kalderonga qarshi o‘tkazib, faoliyatidagi 14-g‘alabasini tantana qilgandi. Kalderon esa faoliyatidagi dastlabki mag‘lubiyatini aynan o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasidan qabul qildi.
Ma’lumot uchun, 30 yoshli G‘iyosov profboksdagi umumiy 14 ta jangining 9 tasida raqiblarini nokautga uchratgan. Hozirda yangilangan Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) reytingida 1-o‘rinni egallab turibdi.