Shahobiddin Zoirov Tokioga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi
Sport
−
09 mart 2020
6065Iordaniyaning Amman shahrida boks bo‘yicha Osiyo/Okeaniya mintaqalari uchun Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi musobaqa davom etmoqda. Biroz avval o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Shahobiddin Zoirov (-52 kg) chorak final bahsini o‘tkazdi.
Eronlik Omid Ahmadisafaga qarshi ringga ko‘tarilgan Shahobiddin Zoirov jangda to‘liq ustunlik qildi va raqibini mag‘lubiyatga uchratdi. Ushbu g‘alaba buxorolik bokschiga Tokio-2020 yo‘llanmasini taqdim etdi.
Rio-2016 Olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritgan Shahobiddin Zoirov Tokioda o‘z chempionligini himoya qiladigan bo‘ldi. Zoirov O‘zbekiston delegatsiyasi uchun Tokio-2020 Olimpiadasining 18 yo‘llanmasini olib berdi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Rio-2016 Olimpiadasida ishtirok etgan Bahodir Jalolov ham Tokio-2020 Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar
Dollar kursi pastladi.
14 yanvar