Shahnoza Mirziyoyeva yangi lavozimga tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning kenja qizi Shahnoza Mirziyoyeva Maktabgacha ta’lim vazirligida boshqarma boshlig‘i etib tayinlandi. Vazirlar Mahkamasining 1 avgust kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi hay’ati a’zolari tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida” qarori shundan darak bermoqda.

Qarorda Shahnoza Mirziyoyeva vazirlikning Maktabgacha ta’lim sohasi siyosatini shakllantirish va yuritish bosh boshqarmasi boshlig‘i sifatida ko‘rsatilgan.

2017 yil dekabrdan Shahnoza Mirziyoyeva MTVning Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish, tahlil qilish va strategik rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shahnoza Mirziyoeva MTV

Baholaganlar

1235

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing