Shahnoza Mirziyoyeva yangi lavozimga saylandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning kenja qizi Shahnoza Shavkatovna Mirziyoyeva O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga saylandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Shahnoza Mirziyoyeva hozirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ham faoliyat yuritib kelmoqda.

2017 yil dekabrdan 2019 yil avgustgacha Shahnoza Mirziyoyeva MTVning Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish, tahlil qilish va strategik rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. 2023 yil iyun oyida Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shahnoza Mirziyoeva

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing