Shahboz Sharifning O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi (video)

Jamiyat

image

Bugun, 26 fevral kuni Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharifning O‘zbekistonga tashrifi nihoyasiga yetdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahri xalqaro aeroportida mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ygan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 25 fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif rasmiy tashrif bilan Toshkentga kelgandi. Bugun, 26 fevral kuni Toshkent shahridagi Xalqaro kongress markazida uni rasmiy kutib olishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Qolaversa, Shahboz Sharif va O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tor doirada va delegatsiyalar ishtirokida muzokaralar o‘tkazdi. Ular ommaviy axborot vositalari vakillari uchun bayonot ham berdi. Tashrifining so‘ngida Shahboz Sharif O‘zbekiston-Pokiston biznes forumida ham ishtirok etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Abdulla Aripov Shahboz Sharif

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing