Shavkat Mirziyoyev Shahboz Sharifga ham hamdardlik yo‘lladi
Olam
−
20:29 856 1 daqiqa
Bugun, 27 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Islomobod shahridagi tibbiyot muassasasida yuz bergan kuchli yong‘in oqibatida ko‘plab bolalar halok bo‘lgani va jarohat olgani munosabati bilan Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Asif Ali Zardoriy va Bosh vaziri Shahboz Sharifga hamdardlik yo‘lladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi ma’lum qildi.
Davlat rahbari halok bo‘lgan bolalarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat, jarohat olganlarning tez fursatda sog‘ayib ketishini tilagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pokiston poytaxti Islomoboddagi davlat shifoxonasida yong‘in chiqishi oqibatida kamida 14 nafar chaqaloq halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. Yong‘in vaqtida bo‘limda 16 nafar yangi tug‘ilgan chaqaloq bo‘lgan. Ulardan faqat bir nafari qutqarilgan.
Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif voqea yuzasidan zudlik bilan tergov o‘tkazishni buyurgan. Uning idorasi bayonotida yong‘in uchun mas’ul shaxslar aniqlanishi va ularga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilishi bildirilgan.
Live
Barchasi