Shaharlaridan “ajralgan” Toshkent viloyati, Sergelidagi ommaviy zaharlanish, Nazarboyev iste’fosining sababi va kunning boshqa muhim voqealari tafsiloti

Jamiyat

image

6 iyun kuni ham nihoyasiga yetyapti. Quyida siz bilan O‘zbekiston, jahon va boshqa sohalarda yuz bergan kunning eng muhim voqealariga to‘xtalib o‘tamiz.

Jamiyat

Toshkent viloyati biryo‘la 4 ta yirik shaharidan “ajraldi”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoniga muvofiq, viloyatdagi 4 ta yirik shahar – Angren, Olmaliq, Bekobod va Chirchiq shaharlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri respublika bo‘ysinuviga o‘tkazildi.

“Fara”larni yoqib yurish bo‘yicha talab ikki yilga uzaytirildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yilning 4 iyun kuni qabul qilingan qaroriga muvofiq, “fara”lar bo‘yicha qat’iy talab haydovchilarga emas, ishlab chiqaruvchilarga qo‘yiladi.

Ya’ni qarorga ko‘ra 2021 yil 1 yanvarga qadar kunduzi chiroqlarni yoqib harakatlanish shartligi to‘g‘risidagi talab faqatgina avtomatik yonib turuvchi kunduzgi chiroqlari bor mashinalarga nisbatan tatbiq etiladi.

Toshkentda ayol to‘xtash tepkisining o‘rniga gazni bosib uch bolani urib ketdi

Joriy yilning 4 iyun kuni Toshkent shahar Yunusobod tumanining 11-mavzesida 42 yoshli ayol T.L. o‘zi boshqarib kelayotgan Nexia-3 avtomobilida mavze ichidagi yo‘l chetida turgan 12 yoshli A.G., S.I. va S.Ya.ni urib yubordi. Natijada A.G. voqea joyida halok bo‘ldi.

Toshkentda 15 kishi ovqatdan zaharlandi

Joriy yilning 4 iyun kuni Toshkent shahrida ovqatdan zaharlanish holati qayd etilib, unda 15 kishi zararlangan. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi mazkur holat yuzasidan QALAMPIR.UZ’ga ma’lumot berdi. Zaharlanganlarning 3 nafari og‘ir ahvolda.

Toshkent viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jamshid Abdusalomovich Abdusalomov joriy yilning 30 iyunidan viloyat hokimining o‘rinbosari – Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ish boshladi.

Olam

AQSHdan Xitoyga “syurpriz”

Dunyoning ikki yirik iqtisodiga ega davlatlar AQSH va Xitoy o‘rtasida savdo urushi borgan sari avj olsa olyaptiki, sira susayayotgani yo‘q. Donald Tramp Xitoyga navbatdagi “zarba”ni tayyorlab ko‘ygan ko‘rinadi. AQSH Xitoyning 300 mlrd dollarlik tovarlariga ustama belgilashi mumkin.

Nursulton Nazarboyev nega iste’foga chiqqanini aytdi

Qozog‘iston Respublikasining birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev iste’foga chiqishi sababini ma’lum qildi. Elboshi o‘z iste’fosi bilan hokimiyat tranziti masalasida boshqalarga o‘rnak bo‘lganini ta’kidladi.

Parlament ikki vazir va xavfsizlik xizmati rahbarining iste’fosini yo‘qqa chiqardi

Bugun, 6 iyun kuni Ukraina Oliy Radasi mamlakat tashqi ishlar vaziri Pavel Klimkin, mudofaa vaziri Stepan Poltorak va Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari Vasiliy Gritsakning iste’fosini qabul qilishdan bosh tortdi.

Sport

FIFA prezidenti o‘z lavozimini saqlab qoldi

Fransiya poytaxti Parijda bo‘lib o‘tayotgan FIFAning 69-kongressida tashkilot prezidentiligi uchun saylovlar ham o‘tkazildi. Saylovlarda FIFAning amaldagi prezidenti Janni Infantino o‘z lavozimiga qayta saylandi. Endilikda u 2023 yilga qadar FIFAga rahbarlik qiladi.

“Gol mashina” ishga tushganda. Portugaliya Millatlar ligasi finalida

Kecha, 5 iyun kuni Yevropa Millatlar ligasining ilk yarim final uchrashuvi o‘tkazildi. Unda maydon egalari Portugaliya Shveysariyani qabul qildi. Ushbu bahsda portugallar sardori Krishtianu Ronaldu xet-trik qayd etdi va termasini turnirning finaliga olib chiqdi.

Bektemirning ilk raqibi nomi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonlik bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev joriy yilning 13 iyun kuni professional boksda o‘z debyutini o‘tkazadi. O‘zbek bokschisiga qarshi jang qiladigan charm qo‘lqop ustasi nomi ham e’lon qilindi. Bektemir Kaliforniyada argentinalik Martin Fidel Riosga qarshi 6 raundlik jangda ringga ko‘tariladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

30

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing