Shahar prokurori Samarqand hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi
Jamiyat
−
26 may 2019 9972 1 daqiqa
Kecha, 25 may kuni Xalq deputatlari Samarqand shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Shu vaqtgacha Samarqand shahar prokurori vazifasida ishlab kelgan Oblaqulov Boburmirzo Salomovich Samarqand shahar hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda Zarnews.uz nashri xabar bermoqda.
Boburmirzo Oblaqulov 1972 yil Kattaqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan bo‘lib, Samarqand shahar prokurorligidan oldin O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Samarqand viloyat prokuraturasida faoliyat ko‘rsatgan, Past Darg‘om, Oqdaryo tumanlarida prokuror lavozimida ishlagan.
Live
Barchasi