Shahar betonga aylanib ketdi – Mirziyoyev Yangi Toshkent barpo etilishini aytdi

Jamiyat

image

Poytaxt Toshkent va nihoyat qurilishlar qisqartiriladi. Bu haqda amaldagi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev o‘zining navbatdagi saylovoldi dasturi – Yangi O‘zbekiston strategiyasini o‘qib eshittirish jarayonida ma’lum qildi.

“Toshkentda  qurilishni qisqartiramiz, bo‘ldi endi, kanalizatsiyasi ham chidamaydi, odamlari ham chidamaydi, shahar betonga aylanib ketadi. Bahavo joyga Yangi Toshkent olib chiqiladi”, deydi Shavkat Mirziyoyev.

Qayd etilishicha, Toshkent shahrida jamoat transporti tizimi tubdan qayta ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, 3 ming kilometr ichki yo‘llar yangilanadi, 10 ta zamonaviy ko‘prik quriladi.

Toshkentning oqova tizimi shahar hududidan tashqariga chiqarilib, davlat-xususiy sheriklik asosida yangi tozalash inshooti barpo etiladi.

Kelgusi besh yilda Yangi Toshkent shahrini barpo etishga qaratilgan loyihani amalga oshirish bosqichma-bosqich boshlanadi.

“Butun mamlakatimiz bo‘ylab “Yashil makon” umummilliy loyihasi tatbiq etiladi. Hududlarda har yili kamida 200 million tup daraxt ko‘chatlari ekiladi.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlarida kamida 50 gektar maydonda “yashil bog‘lar” barpo etiladi.

Bundan tashqari, shaharlar va tuman markazlarida har 50-100 ming aholi uchun jamoat parklari tashkil etiladi”, deydi Mirziyoyev.

Prezident daraxtlarni kesishga muddatsiz moratoriy joriy qilinishini ham alohida urg‘aladi. Bundan buyon, parklar va yashil zonalar hududini boshqa maqsadlar uchun ishlatish qat’iyan taqiqlanadi.

Chirchiq daryosining 16 kilometrlik qirg‘og‘ini qayta tiklash hisobiga 500 gektar yer maydonlari o‘zlashtiriladi. Bu joyda ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va aholi turar-joylari bunyod etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

1526

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing