Shahzoda Garri va Megan Markl yangi loyiha ustida ish boshladi
Olam
−
07 aprel 2021
2345Netflix xizmati shahzoda Garri va uning rafiqasi, aktrisa Megan Markl asos solgan jamoat tashkiloti tomonidan yaratilgan hujjatli serialning suratga olinishi boshlanganini e’lon qildi. Bu haqda xizmatning rasmiy saytida xabar berilgan.
"Mag‘lubiyatsizlar yuragi" (Heart of Invictus) nomli hujjatli serial 2022 yilda Gaaga shahrida bo‘lib o‘tadigan "Mag‘lubiyatsiz o‘yinlar" (Invictus Games) ishtirokchilari haqida hikoya qiladi.
Syujet markazida sportchilar va musobaqa tashkilotchilarining o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rish paytidagi hayoti bo‘ladi.
Serial olinishi bilan Netflix video xizmati hamda Sasseks gersogi va gersoginyasi hamkorligida tashkil etilgan Archewell jamoat tashkilotining ijodiy bo‘limi shug‘ullanadi.
Serial ustida shuningdek, rejissyor Orlando fon Ayzindel va prodyuser Joanna Natasegara ishlaydi.
Shahzoda Garri tashabbusi bilan o‘tkaziladigan "Mag‘lubiyatsiz o‘yinlar" xayriya loyihasi - bu nogiron bo‘lib qolgan sobiq va faol harbiy xizmatchilar uchun ko‘p tarmoqli sport tadbiridir.
LiveBarchasi