Netflix shahzoda Garri va Megan Markl haqida film oldi

Madaniyat-san’at

image

Bir necha yildan buyon AQSHda istiqomat qilayotgan Britaniya shahzodasi Garri va uning rafiqasi Megan Markl haqida suratga olingan hujjatli film treyleri Netflix platformasida bugun, 1 dekabr kuni namoyish etildi.

Treylerda filmning premera sanasi aytilmagan bo‘lsa-da, xorijiy nashrlarga ko‘ra, ushbu hujjatli film premerasi 2022 yilning dekabr oyida bo‘lib o‘tadi.

Ushbu hujjatli filmdan shahzoda Garri va Megan Marklining shaxsiy fotosuratlari, ularning to‘y tantanalari, Megan homilador bo‘lgan vaqtda juftlikning Afrikaga amalga oshirgan safari namoyish etiladi. Qolaversa, Buyuk Britaniya Qirollik oilasi bilan ular birgalikda o‘tkazgan so‘ngi oilaviy tadbir va ularning yuqori lavozimdan tark etgan kunlari ham hujjatli filmdan o‘rin olgan.

Megal Markl joriy yilning oktyabr oyida AQSH nashrlariga bergan intervyusida premerasi kutilayotgan film haqida so‘z yuritgan va suratga olish jarayonlaridagi hissiyotlari bilan o‘rtoqlashgan.

“O‘z tarixingni tajribali rejissyorga ishonib topshirish yoqimli holat, ular amalga oshirayotgan ishlar meni anchadan buyon hayratga soladi. Ushbu hujjatli filmda tomoshabinlar bizning tariximizni rejissyor ko‘zi bilan ko‘radi. Suratga olish jarayonlari juda qiziqarli bo‘ldi. Sababi mening erim bu yo‘nalishda hali o‘zini sinab ko‘rmagan. Atrofimizdagi ijodiy muhit, hamma birgalikda mehnat qilayotgani va barcha o‘z nuqtai nazari bilan o‘rtoqlashishi esda qolarli bo‘ldi”, degan u.

Shuningdek 2023 yilning 10 yanvar kuni shahzoda Garri muallifligidagi esdaliklar bitilgan 416 sahifali kitob taqdimoti ham rejalashtirilmoqda.

Malumor o‘rnida, “The New York Times” nashri bergan xabarga ko‘ra, ular 2020 yilning sentyabr oyida Netflix platformasi bilan ko‘p yillik shartnomaga imzo chekkan bo‘lib, hamkorlik faqat hujjatli film bilan cheklanmaydi. Ushbu film premerasidan so‘ng navbati bilan hujjatli serial, badiiy film va bolalar uchun shou dastur taqdim etilishi ham kutilmoqda.

Shahzoda Garri 1984 yilning 15 sentyabr kuni Buyuk Briyaniyaning London shahrida tug‘ilgan. U Britaniyaning sobiq qirolichasi Yelizavetta II ning nabirasi, amaldagi Qirol Charlz III ning kichik o‘g‘li.

Uning rafiqasi Megan Markl 1981 yilning 4 avgust kuni AQSHning Los-Anjeles shahrida tug‘ilgan. U turmushga chiqishidan avval aktrisa va fotomodel sifatida faoliyat yuritgan.

Ularning to‘yi 2018 yilning 19 may kuni Angliyada bo‘lib o‘tgan. Juftlikning Archi va Lilibet ismli ikki nafar farzandlari bor.

Shuni alohida qayd etish o‘rinliki, bu Netflix’ning Qirollik oilasi haqidagi birinchi film emas. Bungacha ham platformada Qirolicha Yelizaveta II ning hayoti, Qirollik oilasi mashmashalari, Malika Diananing vafoti va Bukingem saroyidagi o‘yinlar haqida film, seriallar taqdim etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Elizaveta II shahzoda Garri Megan Markl Netflix

Baholaganlar

46

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing