Shahobiddin Zoirov Tokioga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

Sport

image

Iordaniyaning Amman shahrida boks bo‘yicha Osiyo/Okeaniya mintaqalari uchun Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi musobaqa davom etmoqda. Biroz avval o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Shahobiddin Zoirov (-52 kg) chorak final bahsini o‘tkazdi.

Eronlik Omid Ahmadisafaga qarshi ringga ko‘tarilgan Shahobiddin Zoirov jangda to‘liq ustunlik qildi va raqibini mag‘lubiyatga uchratdi. Ushbu g‘alaba buxorolik bokschiga Tokio-2020 yo‘llanmasini taqdim etdi.

Rio-2016 Olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritgan Shahobiddin Zoirov Tokioda o‘z chempionligini himoya qiladigan bo‘ldi. Zoirov O‘zbekiston delegatsiyasi uchun Tokio-2020 Olimpiadasining 18 yo‘llanmasini olib berdi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Rio-2016 Olimpiadasida ishtirok etgan Bahodir Jalolov ham Tokio-2020 Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Shahobiddin Zoirov

Baholaganlar

58

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing