SHHTning madaniy va turistik poytaxti e’lon qilindi

Olam

image

Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) mamlakatlari vakillari Qozog‘istonning Olmaota shahriga tashkilotning madaniy va turistik poytaxti maqomini berish to‘g‘risidagi taklifini qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda bugun, 3 aprel kuni SHHTga a’zo davlatlar Madaniyat vazirliklari rahbarlarining onlayn uchrashuvi yakunlari bo‘yicha Qozog‘iston Madaniyat va sport ishlari vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

“SHHTga a’zo davlatlar vazirlari Olmaota shahrini 2023-2024 yillarga mo‘ljallangan SHHTning madaniy va sayyohlik poytaxti sifatida tasdiqlash taklifini qo‘llab-quvvatladilar”, deyiladi xabarda. 

Qayd etilishicha, tadbirda Rossiya, Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Tojikiston va Pokiston kabi davlatlar vakillari ishtirok etgan. 

Ma’lumot uchun, SHHTning madaniy va turistik poytaxti maqomini berish amaliyoti 2022 yildan O‘zbekiston tashabbusi bilan joriy etilgan. Birinchi marta bunday maqom Hindistonning Varanasi shahriga berilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston 2021-2022 yillarda SHHTga raislik qilgan. 2022 yil 15-16 sentyabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tgan sammitdan so‘ng raislikni Hindistonga topshirgan edi. Joriy yilning may oyida Hindiston raisligida Gaoda a’zo mamlakat rahbarlari ishtirokida sammit o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 2023 yil iyulidan 2024 yil iyuligacha esa SHHTga raislik Qozog‘istonga o‘tishi belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston ShHT Olmaota

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing