SHHTga yangi muloqot hamkorlari qo‘shildi

Olam

image

Bugun, 5 may kuni Hindistonning Panaji shahrida Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashi majlisi doirasida Quvayt, Maldiv orollari, Myanma Ittifoqi Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklariga SHHTning muloqot bo‘yicha hamkori maqomini berish bo‘yicha memorandumni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda tashkilotning rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Memorandumlarni SHHT nomidan tashkilot Bosh kotibi Chjan Ming, maqom olgan davlatlar nomidan esa ularning Hindistondagi Favqulodda va Muxtor Elchilari imzolagan. Marosimda 2022 yilda Samarqand shahrida SHHTga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining yig‘ilishida qabul qilingan tegishli qarorni amalga oshirish bo‘yicha huquqiy tartib-taomillar yakunlandi.

Memorandumlarga ko‘ra, yuqorida qayd etilgan davlatlar SHHT doirasida mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik, savdo va sarmoya, energetika, AKT, qishloq xo‘jaligi, transport va kommunikatsiyalar, madaniyat, fan va texnologiyalar, ta’lim, sog‘liqni saqlash va turizm sohalarida hamkorlik qiladi.

Ma’lumot uchun, muloqot bo‘yicha hamkor maqomi davlatga tashkilot a’zolarining taklifiga binoan SHHT doirasidagi ixtisoslashtirilgan tadbirlarda ishtirok etish huquqini beradi.


Maqola muallifi

Teglar

ShHT

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing