SHHT yetakchilari Xitoyda yig‘iladi

Olam

image
Saidov Szinpinga Mirziyoyevning salomini yetkazdi north_east

Saidov Szinpinga Mirziyoyevning salomini yetkazdi

Xitoy 31 avgustdan 1 sentyabrga qadar Tyanjin shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) sammitiga mezbonlik qiladi. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I kecha, 15 iyul kuni SHHT Bosh kotibi Nurlan Yermekbayev bilan qo‘shma matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Tashqi siyosat boshqarmasi boshlig‘ining qo‘shimcha qilishicha, sammitda 20 dan ortiq davlat rahbarlari va 10 dan ortiq xalqaro tashkilot rahbarlari ishtirok etadi.

Ma’lumot uchun, Shanxay hamkorlik tashkiloti 2001 yilda tashkil etilgan. Tashkilotga o‘nta davlat kiradi: Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, O‘zbekiston, Pokiston, Hindiston, Eron, Belarus (2024 yildan). SHHTga a’zo davlatlar davlat rahbarlarining uchrashuvi 2025 yil avgust oxiri – sentyabr oyi boshida Xitoyda bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili 11 iyul kuni Vashington shahrida bo‘lib o‘tgan NATO sammiti arafasida Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an Turkiya SHHTga a’zo bo‘lmoqchi ekanligini ma’lum qilgandi. Joriy yilda Armaniston ham Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo bo‘lish istagini bildirdi


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy ShHT

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing