SHHT O‘zbekistondagi saylovlarni tan oldi

Jamiyat

image

Shanxay hamkorlik tashkilotining saylovlarni kuzatish bo‘yicha missiyasi O‘zbekistondagi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, viloyat, tuman, shahar kengashlari deputatligiga o‘tgan saylovni qonuniy va demokratik deb tan oldi. Bu haqda SHHT missiyasi vakili Markaziy saylov komissiyasi xalqaro matbuot markazida o‘tgan brifingda aytib o‘tdi.

Brifingda SHHT Bosh kotibi o‘rinbosari Se Syaoyun nutq so‘zladi.

“Bizning missiyadan 20 nafar kuzatuvchi akkreditatsiya qilindi. 16-22 dekabr kunlari bizning missiya Toshkent, Namangan, Andijon, Farg‘ona, Buxoro va Samarqand viloyatlarida saylovga tayyorgarlik jarayonini kuzatdi. Saylov kuni missiyamiz a’zolari 495 ta saylov uchastkasiga borishga muvaffaq bo‘ldi”, dedi Se Syaoyun.

Missiya yakuniy bayonotida aytilishicha, SHHT O‘zbekistonda Saylov kodeksi qabul qilinganini, saylovda yuqori axborot texnologiyalaridan foydalanilganini, targ‘ibot-tashviqot ishlari qonun doirasida amalga oshirilganini, saylovlarda yoshlarning faol ishtirok etganini e’trof etdi.


Maqola muallifi

Teglar

ShHT saylov

Baholaganlar

24

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing