SHHT Mudofaa vazirlari Nyu-Dehlida to‘plandi
Olam
−
28 aprel 2023
6951Bugun, 28 aprel kuni Hindiston poytaxti Nyu-Dehlida Shanxay hamkorlik tashkilotiga (SHHT) a’zo davlatlar Mudofaa vazirlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi xabarida aytildi.
“Tadbir davomida xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik, mudofaa va xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashning dolzarb masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan”, deyiladi vazirlik bayonotida.
Tadbirda Rossiya, Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston, O‘zbekiston Mudofaa vazirlari, shuningdek, SHHT Bosh kotibi ishtirok etishi kutilmoqda.
Yig‘ilishda Belarus va Eron Mudofaa vazirlari ham kuzatuvchi davlatlar vakillari sifatida qatnashadi.
LiveBarchasi