SHHT mamlakatlarida 40 ta teraktning oldi olingani aytildi

Olam

image

Shanxay hamkorlik tashkiloti davlatlarida 2021 yilda 40 dan ortiq terrorchilik harakatining oldi olindi. Bu haqda SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qo‘mitasi direktori Ruslan Mirzayev bugun, 16 sentyabr kuni o‘tgan yig‘ilishda so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi. 

“Vakolatli organlarimiz tomonidan yaxshi muvofiqlashtirilgan hamkorlikda olib borilgan ishlar natijasida o‘tgan 2021 yilda SHHTga a’zo davlatlarda 40 dan ortiq terrorchilik xurujlarining, terrorchilik xarakteridagi 480 dan ortiq jinoyatning oldi olindi. Xalqaro terrorchilik tashkilotlarini moliyalashtirishning 26 ta kanali ochildi va to‘xtatildi”, deydi u.  

Mirzayevning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yili tashkilot mamlakatlarida xalqaro terrorchilik tashkilotlarining 60 dan ortiq yashirin yacheykalari bostirilib, terrorchilik harakatlarining oldi olingan, ularning 1500 nafar a’zosi va sheriklari qo‘lga olingan, 240 mingga yaqin internet resurslari bloklangan. 

Birlashgan strategiya

Mirzayevga ko‘ra, SHHTga a’zo davlatlar Afg‘onistondan kelishi mumkin bo‘lgan tahdidlarga javob berish bo‘yicha yagona strategiya ishlab chiqishi kerak. 

“Bu tahdidlarga zudlik bilan javob berish va ularni zararsizlantirish uchun Afg‘onistonga nisbatan yagona strategiya zarur. Ushbu strategiya bir qator sohalarda, xususan, qurol-yarog‘, o‘q-dorilar va Afg‘onistonda chegara xavfsizligiga putur yetkazuvchi boshqa vositalar, migratsiya, iqtisodiy hamkorlikni olib kirish va olib chiqishni taqiqlash rejimini nazorat qilish sohasida jamoaviy choralar ko‘rishni talab qiladi”, dedi u. 

Qayd etilishicha, Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan sa’y-harakatlarga qaramay, ayni damda mamlakatdagi vaziyat barqaror tangligicha qolmoqda, terrorchilik harakati yuqori. 

“Tolibon” harakati AQSH o‘z qurolli kuchlarini mamlakatdan olib chiqish qarorini e’lon qilganidan so‘ng Afg‘oniston ustidan nazorat o‘rnatish bo‘yicha keng ko‘lamli operatsiyani boshladi. 2021 yil 15 avgust kuni “Tolibon” jangsiz Kobulga kirdi, Prezident Ashraf G‘ani esa respublikani tark etdi. 6 sentabr kuni “Tolibon” butun Afg‘oniston hududi ustidan nazorat o‘rnatilgani haqida, 7 sentabrda esa qonuniyligi hali hech bir davlat tomonidan tan olinmagan muvaqqat hukumat tarkibini e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

terakt ShHT

Baholaganlar

60

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing