SHHT davlatlari tashqi aralashuvga birga qarshilik ko‘rsatishga da’vat qilindi

Olam

image

Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar tashqi aralashuvga qarshi birgalikda harakat qilishlari kerak. Bu haqda bugun, 16 sentyabr kuni tashkilotning Samarqandda o‘tgan sammitida uning bosh kotibi Chjan Min ma’lum qildi. 

“Hamkorlik va bir-biriga ishonchni mustahkamlash, tashqi aralashuvga qat’iy qarshi turish muhim”, deydi SHHT Bosh kotibi. 

Chjan Min birdamlik, o‘zaro hamkorlik va faol faoliyatni kuchaytirish zarurligini ta’kidladi, shuningdek, ishtirokchi mamlakatlarni xalqaro maydondagi global o‘zgarishlar va COVID-19 pandemiyasi fonida SHHT Nizomi va Shanxay ruhi tamoyiliga sodiq qolishda davom etishga chaqirdi. 

Chjan Min, shuningdek, tashkilotning kengayishiga yordam berishni so‘radi.

SHHT 2001 yilda tashkil etilgan xalqaro tashkilotdir. Tashkilotga Rossiya, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Pokiston, Tojikiston va O‘zbekiston kiradi. Kuzatuvchilar – Afg‘oniston, Belarus, Eron va Mo‘g‘uliston, muloqot bo‘yicha hamkorlar – Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, Turkiya va Shri-Lanka. 2021 yil sentyabr oyida Dushanbeda bo‘lib o‘tgan SHHT sammitida Eronni tashkilotga qabul qilish va Misr, Qatar va Saudiya Arabistoniga muloqot bo‘yicha hamkor maqomini berish tartibi boshlangan edi. Joriy yilda Belarus SHHTga to‘laqonli a’zo bo‘lish uchun rasman ariza topshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

ShHT

Baholaganlar

247

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing